Taqdir Zaynab Favadni şafqatsiz sinovlarga duçor qildi. Kamsitilgan, 4 yoşli egizak farzandlaridan ajratilgan, panjara ortida ötirib çiqqan, boşpanasiz qolgan 44 yoşli hind ayoli hozir juda qiyin ahvolda qolgan. Bu haqida Emirates 24|7 naşri ma'lum qildi. 

Zaynab ikki marta öz joniga qasd qilmoqçi bölgan, biroq farzandlari bilan qayta birlaşiş xayoli uni bunday qadamdan saqlab qolgan. 

"Men aqldan ozay deyapman, hayotdan bor umidimni yöqotganimda uçinçi marta bu salbiy öy-xayollarni yengişga kuçim yetarmikan?", - deydi u közida yoş bilan. 

Asli gudjaratlik (Hindiston), san'at instituti bakalavri bölgan ayol ilk marta BAAga 2003 yilda kelgan. Tez orada u Jabal Ali kiyim ilgiçlar işlab çiqaruvçi kompaniyasida ma'mur lavozimida iş boşlagan. Aynan şu yerda u özining bölajak turmuş örtoğini uçratgan, asli pokistonlik bölgan bu yigit işlab çiqariş menejyeri sifatida faoliyat yuritardi. 

"Biz bir neça yil sevişib yurib, 2007 yilda, Karaçi (Pokiston)da turmuş qurdik", - deya xotirlaydi u. 

2012 yilning 2 noyabrida Zaynab Hindistonda öz egizaklari - Mustafo va Muzammilni dunyoga keltiradi. Bir neça oy ötgaç, u farzandlari bilan BAAga qaytadi va Şarjada eri bilan birga yaşaydi. 

Biroq oilaviy xotirjamlik uzoqqa çözilmadi. Eri uning nomiga firma oçganidan keyin ular Dubayga köçib ötişdi va bu yerda ularning orasida kelişmovçiliklar yuzaga kela boşladi. 

"Iş yaxşi ketayotgandi, ammo bizning munosabatlarimizga putur yetdi. Işi ham boşiga yetgaç, erim bolalarni (ikkalasi ham hind pasportiga ega) olib, Pokistonga ketdi. Yaraşişga heç qanday umid yöq edi, 2014 yilning oxirlarida Dubaydagi politsiya bölimiga yordam sörab borganimda, kompaniya boşqaruvidagi tekşiruv işlari tufayli, birovning aybi bilan bir oyni panjara ortida ötkazdim". 

2015 yilning iyul-sentabr oylarida Dubaydagi uy ijaraçisining unga qarşi oçgan sud işi böyiça jarima tölovlarini amalga oşirmagani uçun yana ikki marta hibsga olindi. 

"Barça hujjatlar mening nomimga rasmiylaştirilgani uçun hammasiga özim aybdor bölib çiqdim. Ijara şartnomasi uzaytirilmagani va tölov amalga oşirilmaganligi tufayli yana jazoga mahkum böldim. Şunda otam Hindistondagi uyini garovga qöyib, 14 000 dirham miqdoridagi tölovni amalga oşirdi, hali-hanuz yana 26 000 dirham qarzim bor, ularni qayerdan olişni bilmayman". 

2016 yilda viza muddati tugaganligi sabab Zaynab iş topa olmayotganini aytdi.

Bu yerda Zaynab ne körguliklarni boşidan keçirayotgan bir paytda eri qayta turmuş qurgani haqida xabar topdi. 

"Butun dunyo köz oldimda qoronğu. Mening soddaligimdan foydalanib, aldaşdi, haqorat qilişdi", - deydi Zaynab. Hozir u umumiy yotoqxonada bazör kun keçirmoqda. 

"Men bor-yöği farzandimni qaytarişni xohlayman. Ularni uç yildan beri körmadim, axir, yuragim qayğu-alamga töla", - deydi ayol. 

Hindiston va Pokiston örtasidagi ziddiyatli munosabatlarni hisobga olsak, noçor hind ayolining Pokistonga borib, farzandlari uçun kuraşişi amri mahol. 

Şunga qaramasdan, Zaynab umid qilişda davom etmoqda. "Mö'jiza röy berişi mumkin-ku, şunday emasmi?", - deydi u najot bilan.