Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron prezidenti Qirg‘izistonga tashrif buyuradi
Eron prezidenti Xasan Ruhoniy kelayotgan haftada rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonga keladi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Bu haqda dastlabki ma'lumot Fars News agentligida paydo bo‘lgan. Nashr xabariga ko‘ra, Eron rahbari bir qancha davlatlar, jumladan, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. Ruhoniy ushbu davlatlar rahbarlari bilan muloqot chog‘ida hududiy va mintaqaviy masalalar bo‘yicha suhbat olib boradi. Bu 2013 yilda Eron prezidenti sifatida saylangan Ruhoniyning Qirg‘izistonga ilk tashrifi hisoblanadi.
Avvalroq Eronning Tasnim News Agency agentligi Xasan Ruhoniy o‘zining Qirg‘izistonga tashrifini Almazbek Atambayev sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab ortga surgani haqida ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
20:20
Tramp Erondagi ko‘priklar va elektr stansiyalarini portlatish bilan tahdid qildi
09:40 / 14.07.2026
Tramp Eronga qarshi yangi zarbalarni e’lon qildi
09:23 / 14.07.2026
Yaman hukumati Sano aeroportini bombardimon qildi. Husiylar Saudiyaga raketa otdi
08:58 / 14.07.2026