Fitch Ratings reyting agentligi Özbekistonning davlat nazorati ostidagi 4ta bankining xorijiy valyutadagi uzoq muddatli emitent defolti reytingini «B» darajadan «B+» darajagaça kötardi. Bu «Barqaror» prognoz sifatida tasdiqlangan.
UzDaily xabariga köra, bu banklar «Özsanoatqurilişbank», «Asaka», «Agrobank» va «Mikrokreditbank»banklaridir.
Suveren kredit qobiliyatining Fitch agentligi tomonidan ijobiy qayta baholanişi Özbekiston iqtisodiyotining mintaqadagi tuşkunlikka nisbatan barqarorligini hamda hukumat almaşişining silliq keçişidan söng siyosiy risklarning mö'tadil pasayişini aks ettiradi, deyiladi xabarda.
Özbekistondagi YaIM real ösişi oxirgi 10 yil davomida 8,3 foizni taşkil qildi va prognozlarga köra 2016-2017-yillarda bu körsatkiç 6 foiz atrofida böladi. Mazkur körsatkiçlar banklarning reytinggiga öz ta'sirini körsatgan.
Reyting agentligi Özbekiston oltin-valyuta zaxirasini 24 mlrd dollar miqdorida keltirgan (Bu MDHda YaIMga nisbatan eng katta körsatkiç hisoblanadi.
Ma'lumot uçun, 2014 yildan beri respublikaning içki qarzi nolga teng, kapital va aktivlari har yili 30 foizga ösmoqda. Respublika banklari kredit portfelida moliya hajmi 70 foizni taşkil qilmoqda.
Reytingda nomlari keltirilgan 4ta bankning emitent defolti reytinglari, qöllab-quvvatlaş reytinglari va uzoq muddatli emitent defolti reytinglarini qöllab-quvvatlaş darajasi hamon Özbekiston hukumatidan kömak oliş salohiyati orqali mustahkamlanmoqda.
«Özsanoatqurilişbank», «Asaka», «Agrobank» va «Mikrokreditbank»ning emitent defolti reytinglari suveren kredit qobiliyatining mustahkamlanişi yoki zaiflaşişi natijasida özgarişi mumkin. Banklarning nazorat qiluvçi aksiyadori özgarsa, bu köp ehtimol bilan ularning reytingi pasayişiga olib keladi.

















