Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston dunyoga mashhur 200 nafar qalam ustasidan iborat bo‘lgan guruhga qo‘shildi
O‘zbekiston dunyoga mashhur 200 nafar qalam ustasidan iborat bo‘lgan guruhga qo‘shildi. Ushbu guruh romannavislar, pesalar mualliflari va shoirlardan iborat bo‘lib, ularning barchasi ushbu hafta davom etayotgan «Kichik hikoyalar» kampaniyasida ishtirok etmoqda. Taxminan 7 qatordan iborat bo‘lgan mitti hikoyalarda 20 noyabr kuni nishonlanuvchi Jahon bolalar kunining mohiyati yoritiladi. YuNICeF har bir bolani yordam va umid bilan ta'minlash yo‘lidagi 70 yillik mehnat faoliyati sanasini nishonlashni aynan mitti hikoyalar turkumi bilan boshlamoqda.
«Kichik hikoyalar» kampaniyasida Chimanda Adichi, Paulo Koelo, Kristina Lamb va Nuriddin Farah hamda yana 200 nafar dunyoga mashhur yozuvchi qatnashmoqda. O‘zbekistonlik bir qator mashhur va yosh yozuvchilar bolalar uchun dunyo qanday bo‘lishini istashlarini tasvirlash harakatiga qo‘shildilar.
«Kichik hikoyalar» kampaniyasi BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi qabul qilingan sanani nishonlash uchun 25 noyabrga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
09:45 / 08.04.2026
Rossiya va Xitoy Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha BMT rezolyutsiyasini to‘sdi
18:21 / 06.04.2026
YUNISEF Eron rasmiylaridan bolalarni harbiy xizmatga yollashni to‘xtatishni talab qildi
20:03 / 05.04.2026
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning 2 million rubl ish haqi undirib berildi
13:42 / 31.03.2026