Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kobulda masjid portlatilishi oqibatida halok bo‘lganlar 32 nafarni tashkil qilmoqda
© REUTERS/ Omar Sobhani
Afg‘oniston poytaxti Kobul tumanlaridan birida joylashgan masjidning portlatilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 32 nafarga yetdi, 50 dan ko‘proq odam jarohat olgan, deb aytilmoqda BMTning Afg‘onistondagi missiyasi bayonotida.
Avvalroq 27 kishi halok bo‘lgani va 35 kishi yaralangani ma'lum qilingandi.
Portlash 21 noyabrda Dar ul-Aman tumanida kunduzi sodir etilgan. Terrorchi-xudkush masjid ichida portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. Ta'kidlanishicha, terrorchi shialarni nishonga olgan.
"BMTning Afg‘onistondagi missiyasi Kobuldagi Bakir ul-Ulom masjidiga qilingan hujumni qoralaydi. Hujum oqibatida kamida 32 kishi halok bo‘lgan, 50 dan ko‘proq kishi yaralangan, ulardan ko‘pi bolalardir", deyilgan missiya saytida chop etilgan xabarda.
Portlash uchun javobgarlikni hozircha hech qaysi guruh o‘z zimmasiga olmagan. TOLO News telekanalining ma'lum qilishicha, "Tolibon" harakatining vakillaridan biri guruhning bu teraktga aloqasi yo‘qligini aytgan.
Mavzuga oid
14:47 / 25.02.2026
Samarqandda xonadonda portlash sodir bo‘ldi
20:48 / 24.02.2026
Moskvadagi vokzalda portlash: Bir politsiyachi halok bo‘lib, yana 2 nafari jarohatlangan
15:23 / 24.02.2026
AESda vodorodli portlashlardan himoya bo‘yicha talablar loyihasi ishlab chiqildi
12:49 / 24.02.2026