Texnologiya | 22:32 / 21.11.2016
3872
1 daqiqa o‘qiladi

Volkswagen o‘z elektrokarlari uchun akkumulyator fabrikasini quradi

Foto:Getty images

Yevropaning avtoishlab chiqaruvchisi bo‘lmish Volkswagen kompaniyasi elektrokarlar uchun akkumulyator ishlab chiqaruvchi xususiy korxonasini ishga tushirishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar bermoqda

Volkswagen kompaniyasi juma kuni kasaba uyushmalari bilan 30 ming nafar xodimi bo‘shatilishi haqida kelishib olgan edi. Yangi fabrikada 9 ming nafar yangi ishchi o‘rin yaratilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz: Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi kasaba uyushmalari bilan 23 ming nafar ish o‘rnini qisqartirish va 3,7 mlrd yevro mablag‘ni iqtisod qilish borasida kelishuvga erishgani xabar qilingan edi. Kasaba uyushmalari rahbariyatning elektrokarlar ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari barpo etish xususida bergan va'dalariga ishongan holda, ayni qarorga rozilik bildirgan.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid