Demokratik saylovlarni inson huquqlari, söz va axborot erkinligi, uyuşiş huquqi kafolatlarisiz tasavvur qiliş muşkul. Uşbu huquqlarning ta'minlanişi saylov kampaniyasi samaradorligi hamda saylovçining erkin va ongli ravişda qaror qabul qilişining asosi hisoblanadi.
Bu borada nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyati hamda uni taşkil qilişni öz içiga oladigan fuqarolarning uyuşiş huquqi muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda NNT saylov kampaniyasining faol iştirokçisi sifatida siyosiy tadbirning oçiq va oşkoraligini ta'minlaş omiliga aylangan.
Birinçidan, bugun ular saylov jarayoni barça iştirokçisining huquqiy hamda elektoral madaniyatini oşiriş böyiça keng miqyosli işlarni bajarmoqda. Nodavlat notijorat taşkilotlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joriy yilning 7 oktabrida tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik köriş davrida saylovçilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltiriş böyiça ötkaziladigan tadbirlar dasturi ijrosida salmoqli örin tutmoqda.
Aholi bilan işlaşda katta tajribaga ega bölgan jamoat birlaşmalari birgina saylov kampaniyasi boşlanganidan beri davlat organlari, ta'lim muassasalari bilan ijtimoiy şeriklikda 37 mingdan ziyod tadbirlarni taşkil etdi. Ularning 27 mingdan ortiği anjuman, davra suhbati, seminar-trening va uçraşuvlar şaklida ötkazilib, aholining barça qatlami, şu jumladan, xotin-qizlar, yoşlar, mehnat faxriylari, jismoniy imkoniyati çeklangan şaxslar, harbiylar, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, mehnat jamoalari a'zolari, ta'lim muassasalari öquvçilari, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat hamda elatlar vakillari qamrab olindi.
Ikkinçidan, nodavlat notijorat taşkilotlari xodimlari okrug va uçastka saylov komissiyalari tarkibida Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik köriş hamda uni ötkaziş tadbirlarida faol qatnaşmoqda. Masalan, okrug saylov komissiyalari a'zolarining 23,4 foizi NNT vakillari bölib, ular orasida komissiya raislari, rais örinbosarlari va kotiblari bor.
Uçastka saylov komissiyalari tarkibida nodavlat notijorat taşkilotlari faollarining uluşi 10 foizdan ortiqni taşkil qiladi. Jumladan, ularning 4778 nafari xotin-qizlar qömitalari, 2321 nafari kasaba uyuşmalari, 3395 nafari “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati faollari hisoblanadi.
Uçinçidan, nodavlat notijorat taşkilotlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik köriş hamda ötkazişning borişi ustidan jamoatçilik nazoratini örnatgan. Xususan, Fuqarolik jamiyati şakllanişini monitoring qiliş mustaqil instituti saylovga tayyorgarlik köriş va ötkaziş jarayonini atrofliça örganib, aholini qonun talablariga rioya etiş haqida xabardor qilib bormoqda. Bu bilan saylov kampaniyasining demokratik talablarga muvofiq olib borilişiga kömaklaşmoqda.
Mavzuga oid
Şuni ta'kidlaş kerakki, avvalgi parlament hamda Prezident saylovlari monitoringi natijalari jamoatçilik tomonidan keng muhokama etilib, saylov qonunçiligi va amaliyotini yanada rivojlantirişda muhim asos bölib xizmat qildi.
Bundan taşqari, 37,5 ming nafar siyosiy partiyalar kuzatuvçisining 6 ming nafardan ortiği nodavlat notijorat taşkilotlari vakillaridan iboratdir. Ular ham ovoz beriş hamda ovozlarni hisoblab çiqiş jarayonining şaffofligini, qonuniyligini ta'minlaydi.
Şu örinda mamlakatimizda aholining keng qatlami tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan mustaqil va barqaror nodavlat notijorat taşkilotlari tizimi yaratilgan, desak, mubolağa bölmaydi. Bugun ular saylovlarni adolatli, haqqoniy hamda halol ötkazişning, oçiqlik va oşkoralikning garovi bölib xizmat qilmoqda. Bu yurtimizda nodavlat notijorat taşkilotlarini rivojlantiriş yölidagi demokratik islohotlarning yorqin natijasidir. Albatta, mazkur islohotlar mamlakatimiz rivojlanişining öziga xos jihatlarini inobatga olgan holda, tizimli, izçil hamda bosqiçma-bosqiç amalga oşirildi. Binobarin, jamiyat va davlat qurilişining barça jabhasidagi demokratlaştiriş hamda modernizatsiyalaş jarayoni aholining siyosiy-huquqiy madaniyati va ijtimoiy ongi yuksalişiga turtki berdi.
Uşbu demokratik özgarişlarni şartli ravişda quyidagi bosqiçlarga böliş mumkin.
Birinçi bosqiç, bu – 1991 – 2000 yillarda amalga oşirilgan islohotlar natijasida nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyatini taşkil qilişning qonunçilik asosi yaratilgan davrdir. Ayni paytda nodavlat notijorat taşkilotlarining turli taşkiliy-huquqiy şakllari – jamoat birlaşmalari, ommaviy ijtimoiy harakatlar, kasaba uyuşmalari va boşqalar rivojlanişi hamda faoliyatining konstitutsiyaviy asoslari şakllantirildi va huquqiy kafolatlari mustahkamlandi. Konstitutsiyamizning 32-moddasida Özbekiston Respublikasi fuqarolarining jamiyat hamda davlat işlarini boşqarişda iştirok etiş huquqi kafolatlangan. Bunda fuqarolarning jamoat birlaşmalariga uyuşiş, ommaviy harakatlarda iştirok etiş huquqini amalga oşirişiga kömaklaşiş davlatning konstitutsiyaviy maqomdagi vazifasiga aylandi (34-modda).
Konstitutsiyamizning XIII bobi aynan nodavlat notijorat taşkilotlariga bağişlangani ham bu sohadagi konstitutsiyaviy islohotlarning amaliy ifodasi sanaladi. U fuqarolarning nodavlat notijorat taşkilotlarini taşkil qilişga bölgan huquq va erkinliklarini ta'minlaşning qonuniy negizidir.
Mamlakatimizda konstitutsiyaviy qoida hamda kafolatlarga muvofiq va umume'tirof etilgan demokratik standartlarga javob beradigan “Özbekiston Respublikasida jamoat birlaşmalari töğrisida”gi (1991 yil), “Kasaba uyuşmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari töğrisida”gi (1992 yil), “Nodavlat notijorat taşkilotlari töğrisida”gi (1999 yil) va boşqa qonunlar qabul qilindi.
Ikkinçi bosqiçda, ya'ni 2000 – 2010 yillarda nodavlat notijorat taşkilotlarining mamlakatni demokratlaştiriş jarayonidagi roli kuçaydi, ularni moddiy hamda moliyaviy qöllab-quvvatlaşning huquqiy mexanizmlari takomillaştirildi. Bunda NNT mustaqilligini amalda ta'minlaydigan milliy infratuzilmaga asos solindi. Zero, erkin, yetarli darajada moliyaviy resurslarga va moliyalaştirişning mustaqil manbalariga ega bölgan nodavlat notijorat taşkilotlarigina öz maqsad hamda vazifalarini samarali bajarişi mumkin.
Mazkur davrda nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyatini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş tizimi şakllandi. Fuqarolar ijtimoiy-siyosiy faolligi ösişi, milliy özlikni anglaş, aholining huquqiy madaniyati hamda ma'naviyati yuksalişi natijasida NNT öz manfaatlarini ilgari suriş maqsadidagi sa'y-harakatlarini birlaştirdi. Özbekiston nodavlat notijorat taşkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Özbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi tuzildi. Bu tuzilmalar jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta'minlaş, siyosiy va ijtimoiy sohada davlat organlari bilan özaro tiyib turiş tamoyilini joriy qiliş, demokratik qadriyatlar, inson huquq, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoyalaşda nodavlat notijorat taşkilotlarining mavqeini yuksaltiriş imkonini berdi. “Jamoat fondlari töğrisida”gi (2003 yil), “Nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyatining kafolatlari töğrisida”gi (2007 yil), “Homiylik töğrisida”gi (2007 yil) va boşqa qonunlar qabul qilindi.
Qolaversa, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 23 iyundagi “Özbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirişga kömaklaşiş borasidagi çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorining hayotga tatbiq qilinişi nodavlat notijorat taşkilotlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaşning institutsional asoslarini yanada takomillaştirişga, ularning jamiyat hamda davlat işlarini boşqarişdagi huquqlarini, vakolatlarini kengaytirişga xizmat qildi.
Mazkur hujjatga köra, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlariga NNTning fuqarolar huquq va manfaatlarini ta'minlaşga, farovonligini oşirişga, mamlakatimizni sotsial-iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy rivojlantirişga qaratilgan faoliyatini qöllab-quvvatlaş va kömaklaşiş vazifasi yuklatildi.
“Nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyatining kafolatlari töğrisida”gi Qonun bilan nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyatining asosiy kafolatlari sifatida faoliyat erkinligi, axborotdan foydalaniş, işçanlik obrösini, intellektual faoliyat natijalarini, davlat organlarining ğayriqonuniy qarorlaridan hamda ular mansabdor şaxslarining qonunga xilof harakatlari yoki harakatsizligidan himoya qiliş huquqi belgilab qöyildi. Uşbu hujjat bilan davlat nodavlat notijorat taşkilotlarining faoliyatini subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar şaklida qöllab-quvvatlaşi mumkinligi öz ifodasini topdi.
Mazkur qoidalarni röyobga çiqariş maqsadida 2008 yilda Oliy Majlis palatalari Kengaşlarining “Nodavlat notijorat taşkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaşni kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qöşma qarori qabul qilindi. Unga binoan, oliy qonun çiqaruvçi organ huzurida Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş Jamoat fondi, şuningdek, Fond mablağlarini boşqariş böyiça Parlament komissiyasi taşkil etildi. Parlament komissiyasi tarkibiga mamlakatimizdagi yetakçi nodavlat notijorat taşkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari vakillari jalb qilindi.
NNTlarning moliyaviy barqarorligini ta'minlaşda qonunçilikda soliqlar va boşqa majburiy tölovlar böyiça imtiyozlar belgilangani muhim omil böldi. Xususan, Soliq kodeksiga binoan, nodavlat notijorat taşkilotlari yuridik şaxslarning daromadiga soliq, qöşimça qiymat soliği, yuridik şaxsning mol-mulk soliği, yer soliği, suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq hamda boşqalarni tölaşdan ozod qilindi.
Uçinçi bosqiç, aniqroği, 2010 – 2014 yillar nodavlat notijorat taşkilotlarining demokratik islohotlarni yanada çuqurlaştiriş va fuqarolik jamiyatini rivojlantirişdagi hamda davlat organlari va NNT örtasida ijtimoiy şeriklikni mustahkamlaşdagi roli hamda ahamiyati kuçaygan davr böldi.
Jamiyat va davlat hayotining barça jabhasida demokratik islohotlar çuqurlaşişi jarayonida, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligi hamda siyosiy-huquqiy madaniyati yuksalgan bir şaroitda nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyatining taşkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillaştiriş, ularning faoliyatida aholi turli qatlamlari faol iştiroki uçun qöşimça şaroitlar yaratiş va NNTning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligini izçil oşiriş böyiça işlar davom ettirildi.
Bu davrda nodavlat notijorat taşkilotlari jamiyat va davlat munosabatlarining teng huquqli sub'yekti sifatida şakllanib, mamlakatda keçayotgan özgarişlar jarayoniga öz daxldorligini namoyon qila boşladi, yurt ravnaqi yölida mas'uliyatli vazifalarni amalga oşirişga kirişdi. Davlat esa nodavlat notijorat taşkilotlarini teng huquqli şerik sifatida e'tirof etdi. Bunda parlament tomonidan 2010 yil noyabr oyida qabul qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada çuqurlaştiriş va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş konsepsiyasi muhim dasturilamal böldi. Uşbu hujjat asosida “Ekologik nazorat töğrisida”gi, “Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida”gi, “Ijtimoiy şeriklik töğrisida”gi kabi qonunlar qabul qilindi. Ular NNTlarning jadal rivojlanişida katta ahamiyat kasb etdi.
Bu borada, ayniqsa, “Ijtimoiy şeriklik töğrisida”gi Qonun muhim örin tutadi. Mazkur Qonunga köra, davlat organlarining nodavlat notijorat taşkilotlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar, qonun hujjatlari loyihalarini işlab çiqiş va amalga oşirişdagi özaro munosabatlarining taşkiliy-huquqiy mexanizmlari takomillaştirildi. Mahalliy vakillik organlari huzurida Ijtimoiy şeriklik böyiça jamoat komissiyalari şakllantirildi. Ularning tarkibiga davlat hamda jamoat taşkilotlari vakillari kiritildi. Jamoat komissiyalari mahalliy vakillik va ijro organlarining roli hamda mas'uliyatini yanada oşiriş, NNTning erkin rivojlanişi, ularning mamlakatni yangilaş va demokratik isloh etişda faol iştirokini ta'minlaş yölida xizmat qilayapti.
Bundan taşqari, Prezidentning 2013 yil 12 dekabrdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirişga kömaklaşiş borasidagi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining uşbu hujjat ijrosini ta'minlaşga doir qarori nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyatining taşkiliy-huquqiy jihatlarini yanada soddalaştirdi. Xususan, NNTni davlat röyxatidan ötkaziş uçun undiriladigan davlat boji miqdori 5 baravar, ularning ramzlarini davlat röyxatidan ötkaziş uçun undiriladigan yiğimlar miqdori 2,5 baravar kamaytirildi. Belgilanganidek, nogironlar, faxriylar, xotin-qizlar va bolalar jamoat birlaşmalarini davlat röyxatidan ötkaziş uçun davlat boji mazkur qaror bilan tasdiqlangan davlat boji miqdorining 50 foizi miqdorida undiriladi. Nodavlat notijorat taşkilotlarining davlat röyxatidan ötkaziş töğrisidagi murojaatlari ikki oy muddat örniga bir oy muddatda körib çiqilişi belgilandi. Şuningdek, NNTning ta'sis hujjatlarini rasmiylaştiriş tartib-taomili soddalaştirildi. Uşbu hujjatlarni notarial tasdiqlaş töğrisidagi talab çiqarib taşlandi. Örnatilgan yangi tartibga muvofiq, mazkur hujjatlar ilgarigidek uçta nusxada emas, balki ikki nusxada hamda faqat davlat tilida topşiriladigan böldi. NNTni qayta röyxatdan ötkaziş uçun hujjatlarni taqdim qiliş tartibi ham soddalaştirilgani, ortiqça hujjat talab etiş şarti çiqarib taşlangani, adliya organlariga har çorakda NNT rahbar organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar haqida ma'lumot taqdim etiş amaliyoti bekor qilingani maqsadga muvofiqdir. Yuridik şaxslar olti oy mobaynida bank hisobvaraqlari böyiça pul operatsiyalarini ötkaziş bilan boğliq moliya-xöjalik faoliyatini amalga oşirmagan taqdirda bu ularni tugatiş uçun asos bölişini nazarda tutuvçi Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53-moddasi qoidasi nodavlat notijorat taşkilotlariga tatbiq etilmaydigan böldi.
Eng muhimi, NNT faoliyati ustidan nazorat qiluvçi organ sifatida Adliya vazirligiga nodavlat notijorat taşkilotlari huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlaş vazifasi yuklatildi.
Uşbu sohadagi islohotlarning törtinçi bosqiçi 2014 yildan boşlanadi. Bu davrda nodavlat notijorat taşkilotlari jamoatçilik nazoratining real sub'yektiga aylandi. 2014 yilda Konstitutsiyamizning 32-moddasiga kiritilgan qöşimçaga binoan, jamoatçilik nazorati instituti konstitutsiyaviy maqomga ega böldi.
Bugungi kunda nodavlat notijorat taşkilotlari nafaqat davlat organlarining teng huquqli şerigi hisoblanadi, ayni paytda ularning faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşirib kelmoqda. Bunday nazorat fuqarolarning jamiyat hamda davlat işlarini boşqarişda iştirok etiş huquqini amalga oşiriş, davlat organlari faoliyatining oçiqligini ta'minlaş, mansabdor şaxslarning mas'uliyatini kuçaytirişga qaratilgandir.
Hozirgi vaqtda “Özbekiston Respublikasida jamoatçilik nazorati töğrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Unda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari va ularning mansabdor şaxslari faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşirişning huquqiy mexanizmlarini yaratiş közda tutilgan.
Şunday qilib, davlat nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyati erkinligi kafolatlarini mustahkamlaş, ularni barqaror hamda mustaqil rivojlantiriş, şuningdek, NNTning muhim davlat qarorlarini qabul qilişdagi roli va ta'sirini kuçaytiriş, fuqarolarning jamiyat hamda davlat boşqaruvidagi iştirokini kengaytirişga qaratilgan çora-tadbirlarni bosqiçma-bosqiç amalga oşirib kelmoqda.
“Ijtimoiy fikr” jamoatçilik fikrini örganiş markazi tadqiqotlari şuni körsatayaptiki, fuqarolarning mutlaq köpçiligi (94,3 foizi) uşbu sohadagi davlat siyosatining asosiy yönalişlarini qöllab-quvvatlaydi. Sörovda qatnaşgan NNT vakillarining 95,7 foizi esa körsatilayotgan davlat kömagini yuqori baholaydilar. Ularning fikriça, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari NNTni teng huquqli şerik sifatida köradi, ular bilan özaro hamkorlik qiladi. Fuqarolar NNT hamda ular faoliyatining asosiy yönalişlaridan xabardor. Bunda jamoat taşkilotlari faoliyatida oçiqlik va hisobdorlik ta'minlanayotgani, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qöl kelmoqda.
Şu yilning 4 dekabr kuni bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimizdagi nodavlat notijorat taşkilotlari uçun ham öziga xos sinovdir. Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi eng muhim tadbirda ularning faol hamda samarali iştirok etişi nodavlat notijorat taşkilotlarining faoliyatini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş yuzasidan olib borilayotgan keng kölamli işlarning yorqin amaliy ifodasi böladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi