Jahon | 19:28 / 23.11.2016
7478
1 daqiqa o‘qiladi

Mo‘sul IShID qo‘lidan tez orada ozod etilishi kutilmoqda

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank Valter Shtaynmayyer Iroqdagi Mo‘sul shahri IShID jangarilari qo‘lidan yaqin haftalar ichida butunlay ozod etilishi mumkinligi haqida ma'lum qildi.

Germaniyalik siyosatchi, 21 noyabr kuni Berlinda o‘zining iroqlik hamkasbi bilan uchrashuvini eslatgan. Uchrashuv chog‘ida vazirlar bu shahar ozod etilishidan keyin amalga oshiriladigan choralar haqida gaplashishgan.

«Biz shaharning ozod etilishidan keyin tashlanadigan qadamlar xususida so‘zlashdik. Umid qilamanki, Mo‘sul yaqin haftalarda to‘la ozod qilinadi», — degan vazir.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid