ShHT missiyasi saylovni kuzatish uchun O‘zbekistonga keldi
Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatish bo‘yicha missiyasi kuzatuvchilari 2016 yil 30 noyabr kuni O‘zbekistonga keldi. Unga ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov rahbarlik qilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Missiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga hamda Prezident va parlament saylovlarida, referendumlarda ShHT kuzatuvchilar missiyasi to‘g‘risidagi nizom asosida siyosiy betaraflik va davlatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga rioya qilgan holda amalga oshiradi.
Uning tarkibiga ShHTga a'zo davlatlarning qonun chiqaruvchi, ijro va saylov organlari, shuningdek, ShHT kotibiyatining 20 nafar vakili kiritilgan. Ular o‘z faoliyati davomida iloji boricha ko‘proq saylov uchastkalariga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
Missiya O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida uchrashuvlar o‘tkazadi. Saylov komissiyalari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari, xalqaro tashkilotlar missiyalari a'zolari, xorijiy mamlakatlar kuzatuvchilari bilan muloqotlar o‘tkazishni rejalashtirgan.
Shu kuni Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov ShHT kuzatuvchilar missiyasi rahbari R.Alimov bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida missiya rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishtirildi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024