Light | 22:38 / 02.12.2016
14585
2 daqiqa o‘qiladi

Instagram'dagi mashhurlik sirlari nimada?

Ijtimoiy tarmoqlarda umuman tanilmagan Bloomberg Businessweek jurnalisti Maks Chafkin ajoyib tajriba o‘tkazib ko‘rishga qaror qildi: u o‘zining Instagram sahifasini "fikrlar yetakchisi" darajasiga ko‘tarish uchun marketing agentligiga murojaat qildi. Uning qanday qilib yulduzga aylangani haqida Bloomberg sayti jurnalisti ma'lum qildi

Tajribaga qadar Chafkinning Instagram sahifasida 212 nafar folloveri bo‘lgan. Tadqiqot maqsadi - folloverlar sonini maksimal darajada oshirish va reklama shartnomalarini tuzish bo‘lgan. 

Chafkin bilan hamkorlik qilgan agentlikning versiyasiga ko‘ra, 10-100 ming folloveri bo‘lgan Instagram blogeri reklama posti uchun 250 dollargacha maosh olishi mumkin. 500 mingdan ziyod foydalanuvchisi bo‘lgan blogerlar esa bir post uchun 5 ming dollargacha qo‘lga kiritishlari mumkin. 

Dastlab mutaxassislar Chafkinning tashqi ko‘rinishini  o‘zgartirishdi: uning sochlari zamonaviy urfga moslandi va brend kiyimlar kiydirildi. Chafkin model ko‘rinishiga keltiriladi. U o‘zi iste'mol qilgan taomlar, shuningdek turmush tarzi haqida ma'lumot beruvchi turli xil suratlarini joyladi. 

 

Foto: @mchafkin
Foto: @mchafkin
Foto: @mchafkin
Source: Instagram

Folloverlari sonini oshirish uchun unga imkon qadar ko‘proq xeshteglar qo‘llash hamda boshqalarning suratlarini "layklash"ni tavsiya qilishdi. Ikkala holatda ham u bu jarayonni osonlashtiruvchi maxsus ilovalardan foydalangan. 

Bundan tashqari, marketologlar blogerga bir kunda uchtadan post qo‘yishni maslahat berishdi. 

Marketologlarning sa'y-harakatlari bilan jurnalistning folloverlari soni bir oyda yetti barobarga oshdi. Bugungi kunga kelib, uning sahifasiga 2 mingdan ziyod odam yozilgan. Shu bilan birga unga modeler bilan hamkorlik qilish taklifi kelib tushgan. 

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid