Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Budapesht metrosida ikkita poyezd to‘qnashib ketdi
Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi metroda ikkita poyezd to‘qnashib ketdi va buning oqibatida 10 kishi jarohatlandi.
Bu haqda Budapesht favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma'lum qilgan.
Ma'lum qilinishicha, tonnelda oldinda ketayotgan poyezdning oxirgi vagoniga ortdan kelayotgan poyezd kelib urilgan. To‘qqiz kishi shifoxonaga yotqizilgan, ma'lumotlarga ko‘ra, ularning hayoti xavf ostida emas. Bir kishiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Maxsus xizmat voqeaga nima sabab bo‘lganini tushuntirishga harakat qilgan. Metroning “qizil yo‘lagi”dagi poyezdlar qatnovi to‘xtatilgan.
Mavzuga oid
16:30 / 10.06.2026
“Chinor” metro bekati 50 kunga yopiladi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026
Vengriya parlamenti Xalqaro jinoiy suddan chiqish jarayonini to‘xtatdi
09:44 / 23.05.2026