Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston hukumati yillik hisobot muddatini o‘zgartirdi
Odatda, Tojikiston hukumatining yil yakunlariga bag‘ishlangan va prezident Imomali Rahmon rahbarligidagi yig‘ilishi yangi yilning birinchi oyida o‘tkazilgan. Uning natijalariga ko‘ra, hukumat tarkibida kadrlar almashinuvi amalga oshirilar edi.
Ammo, Tojikiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2016 yil natijalari va 2017 yildagi vazifalar yuzasidan hukumat majlisi birinchi marta dekabr oyida o‘tkaziladi. Respublika Vazirlar mahkamasi yig‘ilishi 23 dekabrda bo‘lib o‘tishi haqida «AP» agentligi Tojikiston hukumatidagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Bir necha yillik amaliyotga ko‘ra, aytish mumkinki, Imomali Rahmon yillik hisobot natijasidan kelib chiqqan holda, vazirliklar, idoralar, viloyatlar, shahar va tumanlar rahbar xodimlarini o‘zgartiradi.
Shu bilan birga, an'anaga binoan, hukumatning yildagi yakuniy hisobot majlisi yangi yilning yanvar oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan.
Joriy yilda, u ilk bora dekabrda tashkil etilmoqda. Shuningdek, davlat rahbarining parlament palatalari qo‘shma majlisi oldida qiladigan ma'ruzasi ham 22 dekabrga ko‘chirilgan.
Mavzuga oid
19:07 / 22.12.2025
«Bu meni dahshatga soldi». Putin Imomali Rahmonga hamdardlik bildirdi
08:45 / 18.12.2025
Rahmon: chegara kelishuvlari Markaziy Osiyoda ishonch va barqarorlikni kuchaytirdi
16:45 / 15.11.2025
Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari bilan uchrashdi
17:51 / 09.10.2025