Somalida to‘rtinchi urinishdan so‘ng prezidentlik saylovlari muddati belgilandi
Somali siyosiy yetakchilari mamlakatda 28 dekabr kuni prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Assoshieyted Press.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, somalilik siyosatchilar payshanba kuni kechqurun 22 dekabr kuni mamlakatning yangi parlamenti spikerini tayinlash haqida ma'lum qilishgan. Shundan so‘ng parlament 28 dekabr kuni davlat rahbarini tanlashi lozim bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Somali prezidenti saylovlari bungacha uch marotaba qoldirilgandi.
Respublika birlashgan davlat sifatida Siada Barre rejimi 1991 yilda qulaganidan keyin barham topdi. Xalqaro jamoatchilik esa poytaxt Mogadisho va bir necha tumanlarni nazoratda ushlab turgan federal kuchlarni mamlakatdagi qonuniy hukumat deb tan oladi. Somalining boshqa hududlari esa o‘zini-o‘zi boshqaradi. Mamlakat janubi va shimoli-sharqidagi bir necha tumanlar mahalliy urug‘lar va turli islomiy harakatlar tomonidan boshqariladi.
Mavzuga oid
12:46 / 08.11.2024
Ikki marta ayollarni yutgan Tramp: AQShning yangi-eski prezidenti haqida qiziqarli ma’lumotlar
09:22 / 06.11.2024
“Natijalarni uzoq kutmaymiz, kechqurun g‘olibni e’lon qilishadi” – amerikalik professor saylov haqida
19:01 / 01.11.2024
AQSh partiyalari saylov kampaniyasiga qancha pul sarflagani hisoblab chiqildi
22:18 / 28.10.2024