Jahon | 09:02 / 13.12.2016
3559
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada temir yo‘l transporti mashinistlari yirik ish tashlashni boshlashdi

Buyuk Britaniyada temir yo‘l transporti mashinistlari ikki kunlik ish tashlashni boshlashdi. Bu holat mamlakat janubi bo‘ylab yo‘nalishda safarga chiqqan yuz minglab yo‘lovchilarning rejalarini chippakka chiqargan, deb xabar berdi "Bi-bi-si".

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu marshrutdan deyarli 300 ming yo‘lovchi foydalanadi, biroq ish tashlash boshlangach, bu yo‘nalishdagi barcha poyezdlar bekor qilinadi. 

Ma'lumot uchun, temir yo‘l va daryo transporti ishchilari kasaba uyushmasi apreldan beri ish tashlashlarni tashkillashtirib keladi va xodimlar ish sharoitini yaxshilashni talab qiladi. 
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid