09:16 / 15.12.2016
19398

15 dekabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

14 dekabr tuni va 15 dekabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida aholining manfaatlari birinchi o‘ringa qo‘yilishiga urg‘u qaratdi. >>> Batafsil 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat amaldorlari xalq dardini tinglashi va shu bilan birga o‘zi bajargan ishlar xususida xalqqa hisobot berishi zarurligini aytib o‘tdi. >>> Batafsil 

Xitoy musulmonlarining eng yirik onlayn-jamiyatlaridan biri o‘z sahifasida XXR prezidenti Si Tszinpin nomiga uning faollari "shafqatsiz bosimi"ni to‘xtatishi so‘ralgan  petitsiyani joylashtirganidan keyin yopib qo‘yildi. >>> Batafsil 

Kelgusi yili Nigeriyaning shimoli-sharqida yarim million bola ochlikka yuz tutadi, insonparvarlik yordami yetkazilmasa, ulardan 80 ming nafari halok bo‘ladi. >>> Batafsil 

Yil oxirida iste'foga ketadigan BMT bosh kotibi Pan Gi Mun o‘zining bu lavozimdagi so‘nggi nutqida "Suriyadagi dahshat"ni to‘xtatishga chaqirdi. >>> Batafsil 

10 dekabrda Istanbulda sodir etilgan terakt ijrochilaridan biri Suriyadan kelgan, deb aytdi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu. >>> Batafsil 

Xitoyning Sanji Xeyzu avtonom viloyatida 150 dan ortiq bo‘rini boquvchi keksa yoshli kishi istiqomat qiladi. >>> Batafsil 

Amazon o‘zining sotuvchilar va xodimlar bo‘lmaydigan do‘konini sinovdan o‘tkazayotgan bir vaqtda, ba'zi yirik kompaniyalar biroz boshqa yo‘nalishda ish olib borishmoqda. >>>  Batafsil 

Bolgariyaning Vilner tyuning atelesi 2016 yildagi so‘nggi loyihasini taqdim qildi. Atele mutaxassislari Tesla Model X P90D elektr krossoveriga o‘zgartirishlar kiritib, uni kabinasi ichi eng sokin bo‘lgan "Tesla"ga aylantirishdi. >>> Batafsil 

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi hamda Antonella Rokutstso qonuniy nikohdan o‘tishni rejalashtirmoqda. >>> Batafsil 

APL, 16-tur. "Chelsi"ning ketma-ket 10-g‘alabasi, "MYu"dan irodali g‘alaba va boshqa uchrashuvlar.>>>  Batafsil

Top