Özbekistonning yangi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis qöşma majlisida sözlagan nutqida aholining manfaatlari birinçi öringa qöyilişiga urğu qaratdi.

Aholi bilan doimiy muloqot qiliş, uning qonuniy talablari, sörov va takliflarini amalga oşiriş uçun aniq çoralar körişni men özim uçun eng muhim va ustuvor vazifa, deb hisoblayman. 

Endi nafaqat hukumat, balki mutasaddi vazirlik va idoralar, xöjalik birlaşmalari, şuningdek, hokimlarning ham bu boradagi faoliyati yakunlari böyiça hisobot beriş tizimi joriy etiladi va şunga qarab ularning işiga baho beriladi. Şu sababdan har bir rahbar va mansabdor şaxsdan ayni şu asosda tizimli va samarali iş olib borişni talab etaman. 

Sizlarga yaxşi ma'lumki, biz 2017 yilni yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qildik. Lekin, hammamiz tuşunamizki, xalq bilan muloqot, odamlarning içiga kiriş, ularning dardu taşvişlari bilan yaşaş, inson manfaatlarini ta'minlaş – bu biz uçun faqat bir yillik iş emas. 

Bu masala kelgusi beş yillik faoliyatimizda ham eng ustuvor vazifa bölib qoladi va bu haqiqatni hammamiz çuqur tuşunib, yaxşi anglab olişimiz şart. Çunki, biz yurtimizda yangi davlat, yangi jamiyat quriş yölida qanday iş qilsak, ularning barçasini xalqimiz bilan bamaslahat qilamiz. 

Hammamizni tarbiyalagan, voyaga yetkazgan – şu xalq. Barçamizga tuz-nasiba bergan ham – şu xalq. Bizga işonç bildirgan, rahbar qilib saylagan ham aynan şu xalq. 

Şunday ekan, biz birinçi navbatda kim bilan muloqot qilişimiz kerak – odamlarimiz bilan. 

Kim bilan bamaslahat iş tutişimiz kerak – avvalo xalqimiz bilan. Şunda xalqimiz bizdan rozi böladi. 

Xalq rozi bölsa, işimizda unum va baraka böladi. 

Xalq bizdan rozi bölsa, Yaratgan ham bizdan rozi böladi.