Amazon özining sotuvçilar va xodimlar bölmaydigan dökonini sinovdan ötkazayotgan bir vaqtda, ba'zi yirik kompaniyalar biroz boşqa yönalişda iş olib borişmoqda. Misol uçun, Yaponiyaning Panasonic kompaniyasi xarid qilingan mahsulotlarni skanerlab, ularga tölanadigan haqni hisob-kitob qilib, barça xaridni paketlarga joylab, bank kartasidan kerakli pulni yeçib oladigan elektron sotuvçini yaratişga qaror qildi. Bu haqda Wall Street journal naşri xabar bermoqda. 

Bu sotuvçi mahsulotlar uçun oddiy savatçaga öxşaydi va bir qaraşda uning robot ekanligini ham seziş muşkul. Yangi tizim Lawson supermarketlari tarmoğida sinovdan ötkazilmoqda. Biroq hozirça "aqlli" savatçaga töliq quvvatda işlaşga ruxsat berilmayapti, şuning uçun xaridorlar mahsulotlarni özlari skanerdan ötkazmoqdalar. Biroq dökonlar tarmoği keyingi yildan bu işni robotning özi bajara boşlaşini aytmoqda.

Xaridni amalga oşiriş uçun mahsulotlar savatçasi kassaga qöyiladi, şundan keyin oçilgan darça orqali mahsulotlar maxsus bölimga tuşadi va u yerda saralanib, upakovka qilinadi.

Dökonlardagi kassaçilar va upakovkaçilar bu yangi "xodim"dan taşvişga tuşib qoldilar, biroq tarmoq rahbariyati bu lavozimlarda işlovçi barça xodimlarini ham böşatmaslikka qaror qildi. Axir xaridor bu zamonaviy tizimlardan foydalanişni bilmasa, unga bunda yordam beradigan, yöl-yöriq qörsatadigan xodim kerak böladi-ku.