Bolgariyaning Vilner tyuning atelesi 2016 yildagi sönggi loyihasini taqdim qildi. Atele mutaxassislari Tesla Model X P90D elektr krossoveriga özgartirişlar kiritib, uni kabinasi içi eng sokin bölgan "Tesla"ga aylantirişdi.

Maşinani tyuning qiliş salonni töliq bölaklaşdan boşlandi. Bu jarayon maşinaning taşqi ovozlardan qançalik himoyalanganini körsatdi. Biroq mutaxassislar maşinaning bu boradagi zaif joylarini aniqlab, unga qöşimça tovuş izolyatsiyasini örnatişdi. 

Maşinaga buyurtma bergan mijoz salon "elektrlaşganroq" bölişini istagan. Şunga köra, qora çarm bilan qoplangan örindiqlarga yorqin feruza rangli elementlar qöşildi. Xavfsizlik kamarlari va polga töşaladigan gilamçalar ham xuddi şunday rangda işlangan.

Maşina taşqi körinişi unça katta özgarişlarga uçramadi. Mutaxassislar maşinaning taşqi qiyofasiga karbondan işlangan bir neçta elementlar, jumladan "Tesla"ning logotopi tuşirilgan orqa va old spoylerlar hamda yon oynalar korpusi örnatişgan. 

Maşinaning texnik elementlari özgarişsiz qoldirildi: Tesla Model X P90D old tomondan 259 ot kuçiga ega va orqa tomondan 503 ot kuçiga ega elektr dvigatellar bilan jihozlanadi. Ludicrous Mode rejimi yöltanlamasga joyidan 96 km/soat tezlikkaça 3,2 soniyada erişişga imkon beradi. Maşinaning maksimal tezligi 250 km/soat bilan çeklangan.