Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:40 / 20.12.2016
20288
1 daqiqa o‘qiladi
«Do‘lana» eritmasidan zaharlanib halok bo‘lganlar soni 50 nafardan oshdi
Foto: FreeImages.com Content License
Rossiyaning Irkutsk shahrida «Boyarishnik» - do‘lana eritmasidan zaharlanib shifoxonaga tushganlarning yana 4 nafari jon taslim qildi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» mintaqaviy sog‘liqni saqlash vazirligiga tayangan holda.
«Bir tunda Irkutskdagi 3ta shifoxonada 4 kishi hayotdan ko‘z yumdi», — degan ma'muriyat vakili.
Shu bilan birga, ayni zaharlanish alomatlari bilan yana 12 kishi shifoxonaga olib kelingani xabar qilinmoqda.
Bundan avvalroq, «Boyarishnik» eritmasidan halok bo‘lganlar soni 48 nafardan oshgani ma'lum qilingandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish