Istanbulda "Yevrosiyo" tunneli ochildi
20 dekabrda Istanbulda Bosfor ko‘rfazi tagidan o‘tuvchi "Yevrosiyo" tunneli ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, bosh vazir Binali Yildirim hamda ko‘plab xorijiy davlatlar yetakchilari, bosh vazirlari, vazirlari va elchilari ishtirok etdi.
Turkiya prezidenti tadbirdagi nutqida tunnel Istanbulning Yevropa va Osiyo qismini bog‘lashga qaratilganini aytdi.
"Avtomobil tunnelining poydevori Istanbulning Osiyo qismida qo‘yildi, uni esa Istanbulning Yevropa qismida ochmoqdamiz. Bu tunnel ochilishi muhim voqea hisoblanadi", deb aytdi Erdo‘g‘an.
Uning aytishicha, tunneldan o‘tish uchun to‘lov yil oxirigacha 15 turk lirasini tashkil qiladi. Tunnel evaziga Istanbulning Kazlicheshme va Goztepe tumanlari o‘rtasidagi yo‘lga ketadigan vaqt 90 daqiqadan 15 daqiqaga kamayadi.
Bu tunnel suv ostida bunday chuqurlikda o‘tkazilgan birinchi tunneldir. Uni qurish bo‘yicha ishlar Bosfor ostida 106 metr chuqurlikda olib borilgan. Tunnelning uzunligi 14,6 km ni tashkil qiladi. Ko‘rfaz ostidan tunnelning 5,4 km lik qismi o‘tgan. Tunnelning qurilishiga 1,25 mlrd dollar sarflangan.
Mavzuga oid
00:48
Turkish Airlines 23 noyabrga rejalashtirilgan qator parvozlarini bekor qildi
20:03 / 18.11.2024
Yevropaning eng gavjum aeroporti nomi e’lon qilindi
20:33 / 31.10.2024
Turkiya Respublikasining 101 yilligini nishonlayotgan Istanbul – fotoreportaj
21:06 / 24.10.2024