Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘g‘irlangan smartfon va o‘g‘ri haqidagi film internet foydalanuvchilarida katta qiziqish uyg‘otmoqda
Internet tarmog‘ida o‘g‘irlangan smartfon va ehtimoliy o‘g‘ri haqidagi film tobora mashhur bo‘lib bormoqda. Uni YouTube saytida 4 mlndan ortiq kishi tomosha qilishga ulgurgan. Video 13 dekabrda e'lon qilingan bo‘lib, lavha muallifi niderlandiyalik talaba Entoni van der Merdir.
Talabaning so‘zlariga ko‘ra, u iPhone smartfonidan ayrilib qolganida, aniqrog‘i, o‘g‘irlab ketishganida, film suratga olishga qaror qilgan. Van der Mer Android-smartfon xarid qilib, unga josuslik dasturini o‘rnatgan va uning o‘g‘irlanishiga imkon bergan, deb yozadi Mashable.
Film muallifi politsiyaga murojaat qilgan. So‘ngra, o‘g‘irlangan telefonga o‘rnatilgan yangi SIM-kartani kuzata boshlagan, undagi suratlar va videotasvirlarni ko‘chirgan. Film yakunida van der Merning xabar qilishicha, u smartfonni o‘g‘irlagani taxmin qilingan kishi bilan yonma-yon bo‘lib qolgan vaqtlar ham bo‘lgan. Ammo, u suratda ko‘rilganga umuman o‘xshamagan. Taxminlarga ko‘ra, o‘g‘ri smartfondagi SIM-kartani almashtirgan ko‘rinadi.
Mavzuga oid
21:51 / 08.07.2026
iPhone 18 Pro yangi kamera va akkumulyator tufayli sezilarli darajada qalinlashadi
10:37 / 07.07.2026
Toshkentda onlayn qimor uchun mashina o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
08:55 / 06.07.2026
iPhone 18 Pro haqidagi maxfiy hujjatlar sizdirildi
20:25 / 29.06.2026