Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda qo‘lbola spirtli ichimlik sabab vafot etganlar soni 32 kishiga yetdi
Pokistonda sifatsiz alkogol mahsulotini iste'mol qilish sabab hayotdan ko‘z yumganlar soni 32 kishiga yetdi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.
Hodisa Panjob viloyatidagi Toba-Tek-Singx okrugida yuz bergan. Ma'lum bo‘lishicha, xristian diniga mansub kishilar jamoasi Rojdestvoni nishonlash vaqtida spirtli ichimliklar iste'mol qilishgan. Natijada zaharlanish oqibatida 30 nafar xristian va ikki nafar musulmon kishi vafot etdi, yana 60 inson kasalxonaga yotqizilgan. Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, ichkilikka metanol qo‘shilgan.
Politsiya taxminiga ko‘ra, spirtli ichimliklar qo‘shni qishloqlardan birida qo‘lbola usulda tayyorlangan bo‘lgan.
Ma'lumot uchun, Pokistonda alkogol sotuvida jiddiy qoidalar amal qiladi. Ularni rasman faqatgina islomdan boshqa istalgan din jamoasi vakillari ma'lum bir cheklov bilan xarid qilishlari mumkin.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:36 / 25.05.2026