Light | 00:08 / 30.12.2016
14135
2 daqiqa o‘qiladi

2017 yilning eng arzon sayyohlik yo‘nalishi aniqlandi

Foto: travel.ru

2017 yilning eng arzon sayyohlik yo‘nalishi aniqlandi. Forbes talqiniga ko‘ra, Shimoliy Vetnam 2017 yilda eng arzon sayyohlik yo‘nalishi bo‘ldi. Ushbu hudud 21 ta o‘rindan iborat ro‘yxatga boshchilik qilmoqda.

Xitoy bilan chegara bo‘ylab hududlar – Vetnam poytaxti Xanoydan shimolda sayyoh xususiy sektordagi uy uchun bir kechaga 10-15 dollar, umumiy yotoqxonadagi joyga esa 5 dollar to‘laydi. Ovqatlanishda bir taom uchun 50 sentdan 2 dollargacha to‘lanadi.  

Reytingning 2-o‘rnini Qirg‘iziston poytaxti Bishkek egalladi. Bu yerda xususiy sektorda yashash kuniga 15 dollarga, ovqatlanish 2 dollarga tushadi. Sayyoh ikki marta ovqatlanish bilan o‘tovda yashashga kuniga 20 dollar to‘laydi. Yetakchi uchlikni Lissabon yakunlamoqda, bu yerda arzon uy kechasiga 30 dollarga baholanadi.

Reytingning keyingi o‘rinlarini Seul, Buxarest,  JARdagi Keyp-Poynt burni, Krit oroli (Gretsiya), Filippinning Palavan oroli, Berli Xeds aholi punkti (Avstraliya, Kvinslend shtati) va Portu egallagan.

 

Mavzuga oid