19:30 / 31.12.2016
25287

2016 yilning eng yaxshi fotosuratlari. Sport – bu emotsiya

Yakuniga yetayotgan 2016 yilda sport olamida bir qator katta turnirlar bo‘lib o‘tdi. «Tribuna» 2016 yilning asosiy voqealari suratlarini yodga oldi.

Yanvar-2016, Olimpiya chempioni Andreas Vank Avstriyadagi Insbrukda uchmoqda.

Amerikacha futbol. Lourens Erekosim «Alabama Krimson Tayd»ning chempionligini nishonlmamoqda.

Gael Monfis Australian Open doirasidagi o‘yinda. 

Yangi zelandiyalik regbichilardan klassik xak. 

Afg‘onistonlik 5-yoshli Murtazo Ahmadiy o‘z kumiri libosida. U yil oxirida Lionel Messi bilan uchrashdi.

Kobe Brayantning NBAdagi oxirgi uchrashuvi. 13 aprel kuni u «Yute»ga qarshi o‘yinda 60 ochko ishlagandi.

Beysbolda ham shunaqasi bo‘lib turadi. «Oklend» a'zosi Markus Semien o‘z bitasini sindirib qo‘ydi.

«Lester» – chempion», Klaudio Raneri Kubok bilan! Yilning eng chiroyli tarixlaridan biri.

Germaniya Kubogi finali. «Bavariya» «Borussiya»ni penaltilar seriyasida yengdi, Robert Levandovski Marko Roysni ovuntirmoqda.

«Rolan Garros» chempioni Novak Jokovich. Ushbu serbiyalik sportchi Fransiyadagi ilk g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Yevro-2016 muxlislarning tartibsizliklari bilan yodda qoldi: barchasi Marselda boshlangandi. Ingliz muxlislari mahalliy muxlislar bilan mushtlashdi.

Artyom Dzyuba Slovakiyaga qarshi o‘yinda shunday o‘ynadi. Uning ortida Yan Dyuritsa.

Rossiya – Uels uchrashuvi vaqtida uelslik muxlislar dengiz to‘lqinlari hosil qilishdi.

Islandlar Yevro-2016 vaqtida futbolga yangicha olqishlashni olib kirdi. Mashhur «Xu!».

Krishtianu Ronaldu Vengriya darvozasiga 2 gol urdi va Portugaliyani Yevropa chempionati pley-offiga olib chiqdi.

Jyerdan Shaqiriy Shveytsariya uchun turnirning eng chiroyli golini urib berdi.

Regbi bo‘yicha «Penrit Panters» va «Kronull Sharks» uchrashuvi shu mushuk tufayli dunyoga mashhur bo‘lib ketdi.

Velosportda yil turniri – «Tur de Frans».

Janub va Shimol. Sport birlashtiruvchi kuch.

2016 yilgi Olimpiada ochilishi marosimi. «Marakana».

Maykl Felps Rioda yana 5ta oltin medal oldi va uning medallari soni 23taga yetdi.

Nikol Azinger batutda sakrash naqadar chiroyli ko‘rinishini ko‘rsatib berdi.

Rio Olimpiadasi. Tsin Kay o‘z sevgilisi Xe Tszini qo‘lini so‘radi va tasdiq javobi oldi.

Useyn Bolt yuz metrga yugurish musobaqasida oldinga chiqib olib, raqiblarini "bamaylixotir" kuzatmoqda.

Bastian Shvaynshtaygerning Germaniya termasi uchun oxirgi uchrashuvi.

Endi Marrey ATP turniri finalida Novak Jokovichni yengdi. U jahonning birinchi raketkasi.

Mavzuga oid
Top