Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va Iroq IShIDga qarshi birgalikda kurashishga tayyorliklarini bildirdilar
Turkiya va Iroq ikki davlatning milliy xavfsizligiga rahna soluvchi barcha tahdidlarga qarshi kurashishga tayyorlar hamda terrorchilik tuzilmalarining o‘z hududlarida bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta'kidlab o‘tadilar. Bu haqda Turkiya-Iroq yuqori darajadagi strategik hamkorligi kengashining 3-yig‘ilishidagi qo‘shma bayonotda aytildi.
Hujjatda Anqara va Bag‘dod xalqaro koalitsiya doirasida IShIDga qarshi kurashda hamkorlik qilishga tayyorliklari ta'kidlab o‘tilgan.
"Mamlakatlar mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida yaqindan o‘zaro harakat qilishga tayyorlar. Turkiya va Iroq mintaqada dinlararo va millatlararo o‘zaro kurashga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi masalasida hamfikrlar va bunday xavflarning paydo bo‘lishiga ko‘mak beruvchi omillarni bartaraf etish uchun sa'y-harakatlarni amalga oshirishga tayyorlar", deb aytilgan bayonotda.
Kengash yig‘ilishi Bag‘dodda Turkiya va Iroq bosh vazirlari raisligida o‘tdi.
Mavzuga oid
15:59 / 16.01.2026
“Boj to‘lovlari yuqori bo‘lmaydi” – O‘zbek-Iroq biznes forumida nimalar muhokama qilindi?
12:34 / 15.01.2026
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Iroqqa eksport qilinadi
18:10 / 14.01.2026
"Tovarlaringizga bozorimizda ehtiyoj katta"– Iroq tadbirkorlari O‘zbekiston mahsulotlari bilan tanishmoqda
22:43 / 08.01.2026