Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada 6 soatlik ish kuni joriy etish g‘oyasi tajribadan o‘ta olmadi
Shvetsiyaning Hyoteborg shahrida 2 yillik tajriba natijalariga ko‘ra, 6 soatlik ish kunini joriy etish g‘oyasidan voz kechildi.
TJournal xabariga ko‘ra, Hyoteborg shahri hokimiyati davlat tashkilotlari xodimlarini 6 soatlik ish kuniga o‘tkazish bo‘yicha 2 yillik tajriba natijalarini hisob qilgan. Xabar qilinishicha, bu tashabbus katta xarajatlarni talab etishi aniqlangani va tajribadan o‘ta olmagan.
2015 yilda Shvetsiyaning ayrim kompaniyalari maoshni to‘liq saqlagan holda xodimlarini 6 soatlik ish kuniga o‘tkazayotgani haqida xabarlar berilgandi. Tajribalar IT-firmalar tomonidan, mutaxassislarning ma'qullashidan keyin yo‘lga qo‘yilgandi. Tajriba davomida aniqlanishicha, xodimlar ijtimoiy tarmoqlarda kamroq vaqt o‘tkaza boshladi, pochtani tekshirish uchun kam vaqt sarflaydigan bo‘lishdi va bevosita xizmat vazifalarini bajarishga ko‘proq vaqt ajratishishi kuzatilib, ularning ish samaradorligi ham oshdi. Xususiy kompaniyalar tajriba natijalaridan mamnunligini bildirgandi.
O‘shanda Hyoteborgning davlat muassasalari ham tajribada ishtirok etishga qaror qilgandi. 2 yil davomida 6 soatlik ish kuni Svartedalen nomli qariyalar uyida sinab ko‘rilgan. Shu yilning yanvar oyi boshida hokimiyat vakillari tajriba to‘xtatilishi va boshqa muassasalarga joriy etilmasligi haqida ma'lum qildi.
Shunga qaramasdan, ta'kidlanishicha, xodimlar o‘z vazifalarini sidqidildan bajara boshlagan. Ammo ish samaradorligini ta'minlash uchun qo‘shimcha tarzda xodimlar yollashga to‘g‘ri kelgan. Ishchilar soni oshishi esa qo‘shimcha xarajat demakdir.
Shahar hokimiyati vakillarining so‘zlariga ko‘ra, shahardagi muassasalarni 6 soatlik ish rejimiga o‘tkazish uchun shahar hukumatdan moliyaviy yordam so‘rashiga to‘g‘ri keladi.
Tajriba o‘tkazilgan qariyalar uyida 68 hamshiraning ish vaqti qisqartirilgani uchun qo‘shimcha tarzda yana 17 hamshira yollashga to‘g‘ri kelgan, bu esa 1,3 million dollar ortiqcha xarajatni talab etgan.
Hyoteborg hokimiyati shahardagi xizmatchilar uchun 6 soatlik ish kuni joriy etish «imkonsiz ish»ligi haqida ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026