Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada 4 xudkush o‘zini portlatishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
Nigeriyaning Madagali shahridagi do‘konda 4 xudkush xaridorlar orasida qo‘lbola portlovchi qurilmalarni harakatga keltirishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Terakt Nigeriyaning shimolidagi Adamava shtatida yuz bergan. Bu hududda eng yirik terrorchilik tashkiloti "Boko Haram" hisoblanadi, biroq politsiya vakili terakt ijrochilari va tashkilotchilari hozircha aniqlashtirilmaganini aytgan.
Avvalroq Nigeriyada xavfsizlik kuchlari "Boko Haram"ning mamlakat shimolidagi bozorlardan birida terakt amalga oshirmoqchi bo‘lgan 3 nafar ayol xudkushini yo‘q qilgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026