Jahon | 08:18 / 13.01.2017
4700
1 daqiqa o‘qiladi

Salvadorda ikki yilda ilk bora qotillik sodir etilmadi

Salvador milliy politsiyasi direktori Govard Kottoning bayonot berishicha, 12 yanvar kuni so‘nggi ikki yildagi birinchi ijobiy natija qayd etilgan. Bir sutka mobaynida birorta ham qotillik sodir etilmagan, deb xabar qiladi Associated Press agentligi.

«Kecha bizda birorta qotillik yuz bermadi. Hayotdan ko‘z yumgan bir kishi ikki kun avval yaralangan edi», — degan bosh politsiyachi. 

Biroq, 13 yanvar kuni jinoyatchilik eng avjiga chiqqan respublikaning Sakatekoluka shahri politsiyasi bilan to‘qnashuvda jinoiy guruhning 2 a'zosi o‘ldirildi. 

Qayd etilishicha, qotillik sodir etilmagan avvalgi natija 2015 yil 22 yanvarda ro‘yxatga olingan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid