O‘zbekiston | 18:20 / 20.01.2017
7588
2 daqiqa o‘qiladi

2017 yilda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 338 mln dollarga yaqin mablag‘ sarflanadi

2017 yilda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 337,8 mln dollar sarmoya kiritiladi. Bu mablag‘larni ajratish «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni loyihasida ko‘zda tutilgan. 

Eslatib o‘tamiz, «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni loyihasi Davlat xizmatlari yagona interaktiv portalida e'lon qilingan edi. 

Jumladan, 

Osiyo tarraqqiyot banki (OTB)ning 150,0 mln dollar mablag‘ini “Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish” loyihasiga;

Xalqaro taraqqiyot va tiklanish bankining 150,0 mln dollar mablag‘ini “Chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasiga;

Xalqaro qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti jamg‘armasining 23,8 mln dollar mablag‘ini “Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida sut mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta ishlashni rivojlantirish” loyihasiga;

Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 14,0 mln dollar mablag‘ini “Orol dengizi mintaqasida iqlim o‘zgarishiga moslashish va oqibatlarini yumshatish” loyihasiga jalb etish rejalashtirilgan.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid