Ma’lum qilinişiça, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi, Özbekiston va Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, taniqli şoir Oşiq Erkin — Erkin Madrahimov 86 yoşida hayotdan köz yumgan.

Oşiq Erkin (Erkin Madrahimov) 1937 yil 7 mayda Xivada tuğilgan. Toşkent Davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan.

Oşiq Erkinning 30 ga yaqin badiiy va publitsistik kitoblari naşr etilgan. Jumladan, “Iqbol”, “Ohular”, “Yilga tatigan bir tong”, ”Yolğonning umri qisqa”, “Pölat va uning bobosi”, “Tillaquş”, “Mehring tuşdi yurakka”, “Azim daryo”, “Ölgunça sizni derman”, “Işqing tuşdi yurakka”, “ Mujgoningga sallamno” kabi kitoblari şe’riyat ixlosmandlariga yaxşi taniş. 

Oşiq Erkin “Şuhrat” medali hamda Özbekiston va Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan.