09:37 / 26.01.2017
26302

"Tramp" va "Kim Chen In" Hongkong ko‘chalarida uchrashib qolishdi

Hongkong aholisi kutilmagan sahna ko‘rinishiga guvoh bo‘lishdi. AQSh va Shimoliy Koreya prezidentlariga o‘xshab grim qilib olgan aktyorlar siyosatchilarning ko‘chada uchrashib qolishganini sahnalashtirishdi. Mazkur uchrashuv videolavhasi YouTube saytidagi Hong Kong Free Press sahifasiga joylashtirildi.

Donald Tramp va Kim Chen In qiyofasiga kirgan aktyorlar Hongkong ko‘chalari bo‘ylab sayr qilishgan. AQSh va KXDR o‘rtasidagi sovuq munosabatlarga qaramay, "Tramp" va "Kim Chen In" umumiy til topisha olgan va birgalikda metroga ham tushishgan. 

Tramp qiyofasidagi aktyor kameralarga qarata, "soxta xabar" xususida hazil qilgan. Amerika prezidenti lavozimiga kirishishidan avval o‘tkazgan matbuot anjumanida  CNN telekanalini yolg‘on yangiliklar kanali deb ayblagan edi.

Mavzuga oid
Top