Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada gazli ichimlik sotuvchi qurilmalar taqiqlanmoqchi
Fransiya hukumati shirin va gazli ichimliklar sotuvchi qurilmalarni aholida semirishning avj olishi holatlarini kamaytirish maqsadida restoran, kafe, oshxona va boshqa umumiy ovqatlanish muassasalarida taqiqladi.
Endi Fransiya restoranlarida shirin ichimliklarga chegarasiz ega bo‘lish uchun qat'iy narx o‘rnatish va ularni bepul taklif qilish taqiqlanadi. Chegarasiz sotilishi taqiqlangan ichimliklarga shakar yoki shirin ta'm beruvchi moddalarga ega alkogolsiz ichimliklar, jumladan sport ichimliklari kiradi.
Yangi qonunning maqsadi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra "yoshlar orasida semirish, ortiqcha vazn va qand kasalligining avj olishi xavfini kamaytirish"dan iborat. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Fransiyada ayni vaqtda semizlikka ega odamlar soni Yevropa Ittifoqi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan past bo‘lsa-da, biroq bu ko‘rsatkich o‘sishda davom etmoqda.
Mavzuga oid
09:25
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026