Britaniyaliklar Trampning tashrifiga qarshi, hukumatdagilar uni kutishmoqda
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ma'lum qildiki, Britaniya va AQSh hamkorlikda ishlashda davom etmog‘i lozim. U Donald Trampni qirollikka tashrif bilan kelish uchun taklif etganini tasdiqlagan.
U qirolicha Yelizaveta II tomonidan yo‘llangan taklifni Trampga yetkazganidan baxtiyor bo‘lganini ta'kidlagan.
Shu bilan birga vazir Trampning muhojirlarga qarshi farmonini tanqid qilgan.
«AQSh immigratsion siyosati Qo‘shma Shtatlar hukumatining ishi. Biroq biz bunday yondashuvga qo‘shilmaymiz», degandi u.
Bundan oldinroq Trampning Britaniyaga davlat tashrifi bilan kelishiga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi talabnomani 1 milliondan ortiq kishi imzolagani ma'lum bo‘lgandi.
Talabnoma matnida qayd etilishicha, «Donald Tramp Buyuk Britaniyaga AQSh davlat rahbari sifatida kelsa, kiritish kerak, biroq u rasmiy davlat tashrifi bilan kelmasligi lozim».
Talabnoma mualliflarining fikricha, Amerika prezidentining «ayollarni tahqirlovchi fikrlari» uni Buyuk Britaniya qirolichasi tomonidan qabul qilinish huquqidan mahrum etishi zarur bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:31 / 03.12.2024
«Boshqa ahmoq toping» – Tramp BRICS davlatlariga tahdid qildi
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
21:54 / 04.08.2024