Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev o‘z murojaatida Qozog‘iston 2050 yilgacha dunyoning eng rivojlangan 30 davlati qatoriga kirishi kerakligini ta'kidladi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 30 yanvar kuni kechqurun mamlakat telekanallari orqali maxsus chiqish qildi.
Telekanallar orqali qilgan chiqishi chog‘ida, Qozog‘iston prezidenti mamlakatda kutilayotgan konstitutsiyaviy islohot, jumladan, hokimiyat taqsimoti haqida gapirgan.
Uning murojaatida Qozog‘iston uchinchi modernizatsiyasining beshta birlamchi yo‘nalishlarini sanab o‘tilgan.
«Hurmatli qozog‘istonliklar! Yangi davr arafasida men Qozog‘iston xalqiga murojaat qilmoqchiman.
Mamlakat rivojlanishning 25 yillik bosqichini bosib o‘tdi. Biz o‘z mamlakatimiz bilan faxrlanamiz. Mustaqillikning 25 yillik tantanalarini nishonlash vaqtida biz Qozog‘istonning yutuqlarini e'tirof etgandik. Bu muvaffaqiyatlarimiz butun jahon hamjamiyatiga ham ma'lum va yuqori baholangan.
2017 yildan boshlab Qozog‘iston BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a'zosiga aylandi.
Bu yilda Ostonada «EKSPO-2017» ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Biz bunday keng ko‘lamdagi tadbirni qabul qilayotgan MDH va Markaziy Osiyodagi birinchi davlatmiz.
Olmaotada esa 2017 yilgi Qishki Universiada o‘tkazilmoqda va unda dunyoning 57 davlatidan delegatsiya va 2 000 sportchi ishtirok etmoqda.
Bularning barchasi Qozog‘iston xalqaro maydonda to‘g‘ri yo‘ldan yurayotganini ko‘rsatadi.
Qozog‘iston 2050 yilga qadar dunyoning eng taraqqiy etgan 30 davlati qatoriga kirishi kerak. Biz shu maqsad yo‘lida ishonch bilan yurib bormoqdamiz.
«Nұrly Jol»ning iqtisodiy siyosati va «100ta aniq qadam» rejasi evaziga biz global transformatsiya davrining birinchi bosqichini munosib bosib o‘tdi. 2014–2016 yillarda iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun 1,7 trillion tenge ajratdik. Buning evaziga iqtisodiy o‘sishga erishildi va biznes rivojlantirildi. Natijada 200 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.
2016 yilda YaIM 1 foizlik o‘sishga erishdi. Bu hozirgi qiyin sharoitda e'tiborga molik ko‘rsatkichdir.
Dunyodagi vaziyat doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bu yangi global voqeilik va biz buni qabul qilishimiz lozim.
Hurmatli vatandoshlar!
Faqatgina kelajakning chaqiriqlariga tayyor turadigan xalqlargina muvaffaqiyatga erishadi.
Dunyoda navbatdagi, to‘rtinchi sanoat inqilobi boshlanmoqda.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini raqamlashtirish egalladi. Bu avvalgi sohalarning yo‘q bo‘lishi va yangilari paydo bo‘lishi bilan amalga oshmoqda. Buyuk o‘zgarishlar ko‘z o‘ngimizda kechmoqda – bu bizning xalqimiz uchun yangi chaqiriq va yangi imkoniyatdir.
Bugun men Qozog‘istonning uchinchi modernizatsiyasini amalga oshirishni ta'minlash vazifasini qo‘yaman. Mamlakatning global raqobatbardoshliligini ta'minlaydigan iqtisodiy taraqqiyotning yangi modelini yaratish kerak», — deyiladi prezidentning Oq o‘rda saytiga joylangan murojaatida.
Uchinchi modernizatsiyaning beshta birlamchi yo‘nalishlarini Nazarboyev quyidagicha belgilagan:
- iqtisodiyotni tezkorlik bilan texnologik modernizatsiya qilish;
- biznes-muhitni tubdan yaxshilash va kengaytirish;
- makroiqtisodiy barqarorlik;
- inson kapitali sifatini yaxshilash;
- institutsional islohotlar, xavfsizlik va korrupusiyaga qarshi kurash.
Mavzuga oid
18:05 / 07.06.2026
Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzgan 19 nafar xodim ishdan olindi
18:00 / 13.03.2026
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
08:32 / 02.08.2025