Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mettyu Makkonaxi hamkasblarini Trampni qabul qilishga chaqirdi
Amerikalik aktyor, «Oskar» mukofoti laureati Mettyu Makkonaxi Hollivudni mamlakatning yangi prezidenti Donald Trampni qabul qilishga chaqirdi. Bu haqda Entertainment Weekly xabar yozgan.
U Hollivud va Amerika san'at olami Trampni tinch qo‘yish vaqti kelgani haqidagi taklifga qo‘shilgan.
«Bu favqulodda tanlov bo‘lmaydi. Axir u bizning prezidentimiz», – degan aktyor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, inauguratsiya marosimi yangi 4 yillik davrni boshlab berdi va amerikaliklar bu davrda Trampning yonida turishi kerak.
Makkonaxining qayd etishicha, Trampning so‘zlari va xatti-harakatlari bilan eng jiddiy darajada kelisha olmayotgan kishilar ham murosa qilish haqida o‘ylab ko‘rmog‘i lozim.
Bundan oldinroq, Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori, aktyor Arnold Shvartsenegger Trampning 7 mamlakat fuqarolarini AQShga kiritmaslik nazarda tutilgan muhojirlik masalasi bo‘yicha farmonini qattiq tanqid qilgandi.
Shvartsenegger Trampga qarshi chiqdi
Mavzuga oid
15:58 / 06.03.2026
Tramp Eron rahbarligi uchun «uch yaxshi nomzod» borligini aytdi
14:12 / 18.01.2026
Tramp e’lon qilgan ilk linkor $22 mlrd turishi mumkin
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025