Kaliforniya ştatining sobiq gubernatori, Hollivud aktyori Arnold Şvartsenegger AQŞning yangi prezidenti Donald Trampning muhojirlarga qarşi siyosatini tanqid ostiga oldi.

«Bu aqlsizlik va biz körmoqdamizki, Oq uy bu qarorni juda böş tayyorlagan», — deya Şvartseneggerning sözlarini keltiradi The Hill.

Uning fikriça, xavfsizlikni ta'minlaşga erişişning boşqa yöllari ham mavjud.

Bundan taşqari, Şvartsenegger bunday farmon Adliya vazirligi va AQŞ Milliy xavfsizlik vazirligi bilan kelişilgan holda tayyorlanişi kerak edi deb hisoblaydi.

Donald Tramp 27 yanvar kuni AQŞga qoçoqlarning kirişini çeklaş töğrisidagi hujjatni imzoladi. Farmonga muvofiq, barça qoçoqlarni qabul qiliş tört oyga töxtatiladi. Bundan taşqari, farmon Iroq, Suriya, Eron, Sudan, Liviya, Somali va Yamanning hatto AQŞ vizasiga ega fuqarolariga mamlakatga kirişni uç oyga taqiqlaydi. Çeklov «grin-karta» egalariga — ya'ni, AQŞda rasman yaşaş va işlaş uçun guvohnomaga egalarga ham taalluqli. CNN’ning yozişiça, endi «grin-karta»ning mavjudligi nomlari sanab ötilgan mamlakatlardan kelganlarning AQŞ hududiga kiritilişiga asos böla olmaydi. Tramp mazkur farmon terrorçilikka qarşi kuraş uçun zarurligini ta'kidlagan.

Odatdagi amaliyotdan farqli ravişda, bu hujjat Adliya vazirligi mutaxassislari iştirokisiz tayyorlangan — vazirlik vakillari odatda ijro hokimiyati uçun farmon va qonunlar ijrosi böyiça yöriqnoma tayyorlab berardi. Bundan taşqari, çegara xizmatiga mas'ul hisoblangan vazirlik ham farmon matni bilan faqat hujjat imzolanayotgan kunda tanişişga muvaffaq bölgan.

Çegara xizmati çeklov aynan qaysi mamlakatlarning fuqarolariga daxl qilişini dastlab bilmagan. Hujjatda mamlakatlarning nomi körsatilmagan: u Obama ma'muriyatining vizasiz kirişni çeklaş töğrisidagi nizomi bilan tasdiqlangan mamlakatlar röyxatiga havola beradi (mazkur nizomga muvofiq, nomlari körsatilgan mamlakatlarda bölgan xorijliklar ham AQŞga vizasiz kira olmaydi).

Dastlab vazirlik xodimlari farmon «grin-karta»si borlarga ta'sir qilmaydi, degan fikrga kelgan; bu haqdagi tegişli ma'lumotnomalar aeroportlarga yöllangan. Biroq köp ötmay Oq uy «grin-karta» egalarining AQŞga kiritilişi masalasi individual tarzda hal etilişi lozim, deb turib olgan.

28 yanvar kuni Amerika hukumati Trampning körsatmasini bajarişga kirişdi. Prezident farmonida körsatilgan mamlakatlardan kelayotganlarni aeroportlarda qölga oliş boşlandi. The New York Times’ning hisob-kitobiga köra, birinçi kuni Kennedi aeroporti va mamlakatning boşqa xalqaro aeroportlarida 200 nafarga yaqin odam qölga olingan. Reuters’ning xabar berişiça, Qohira aeroportidagi aviakompaniyalarga farmonda körsatilgan mamlakatlarning fuqarolarini AQŞga olib ketiş taqiqlangan — ularning vizasi yoki «grin-kartasi» bölsa ham.