Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda “Eng yaxshi chet tili o‘qituvchisi” Respublika tanlovi o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 yanvardagi yig‘ilish bayoniga asosan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari chet tili o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi chet tili o‘qituvchisi” Respublika tanlovi tashkil etilmoqda.
Mazkur nufuzli tanlovning o‘tkazish tartibi va baholash mezonlari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tomonidan 2017 yil 2 fevral kuni tasdiqlandi.
Tanlov ikki bosqichda - Saralash bosqichi va Respublika bosqichida o‘tkaziladi.
1-bosqich 2017 yil 10 mart kuni Qoraqalpog‘iston va viloyatlardagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladi.
Saralash bosqichlarida ishtirokchilar Respublika hududlarida belgilangan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida berilgan mavzulardan biri bo‘yicha yozma ish yozadilar. Yozma ishlar mazkur baholash mezonlari asosida Respublika hakamlar hay'ati tomonidan baholanadi.
Respublika bosqichining 1-turida ishtirokchilar berilgan mavzu bo‘yicha yozma ish yozadilar.
2-turda ishtirokchilar Davlat ta'lim standartlari asosida tanlangan mavzular bo‘yicha 120 daqiqa davomida tayyorgarlik ko‘radilar hamda o‘z taqdimotlarini namoyish etadilar.
Tanlovning respublika bosqichida har bir chet tillari bo‘yicha 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar g‘olib deb topiladi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Mavzuga oid
22:49 / 30.05.2026
“Armiya himoyasidagi” pedagoglar va kichik biznes uchun soliq islohoti - hafta dayjesti
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
15:32 / 25.05.2026