Jahon | 00:39 / 11.02.2017
9850
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda pasportlarni tezkorlik bilan tayyorlash xizmati narxi oshadi

Qirg‘izistonda 13 fevraldan pasportlarni tezkorlik bilan tayyorlash narxi oshadi. Bu haqda Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmati ma'lum qildi.  

Ta'kidlanishicha, xizmat tomonidan pulli xizmatlarga narxlar hukumatning "Ijrochi hokimiyat, uning tuzilmaviy bo‘linmalari va tizimosti muassasalari tomonidan ko‘rsatiluvchi davlat xizmatlari yagona reyestrini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori bilan o‘zgardi.  

Bundan tashqari, 13 fevraldan Aholi va fuqarolik holati hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish departamenti ko‘rsatadigan xizmatlar narxi ham qimmatlashadi.  


 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid