Jahon | 19:20 / 14.02.2017
4777
2 daqiqa o‘qiladi

Afrika muammolari bo‘yicha anjuman G20 yig‘ilishidan biroz avval o‘tkaziladi

Foto: AP

Afrika muammolari bo‘yicha anjuman G20 sammitidan avval o‘tkaziladi hamda 12-13 iyun kuni bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Germaniya kansleri Angela Merkel.

Joriy yilda Germaniya raislik qilayotgan “yigirmatalik guruh” sammiti Hamburg shahrida 7-8 iyul kunlari o‘tkaziladi.

“Bu tadbirdan uch hafta avval esa Afrika bo‘yicha katta anjuman bo‘lib o‘tadi, - dedi Merkel.

Avval xabar qilinganidek, G20’ning iyuldagi yig‘ilishida muhojirlik muammolari, erkin savdo, iqlim o‘zgarishi va ma'lumotlarni raqamli shaklga o‘tkazish masalalari muhokama etilishi kutilmoqda.

Yevropada Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng jiddiy muhojirlik inqirozi kuzatilmoqda. U Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlaridagi qurolli mojarolar va iqtisodiy muammolar tufayli kelib chiqdi. YeS Frontex agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Yevropa ittifoqiga 2015 yil davomida 1,8 million muhojir kelgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid