Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lukoyl»: O‘zbekistondagi AYoQShda sotiladigan yoqilg‘i narxlari haqidagi ma'lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi
«Lukoyl»ning O‘zbekistondagi ilk avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sotiladigan yoqilg‘i narxlari belgilangani haqidagi xabarlar inkor etildi. Bu haqda kompaniya O‘zbekistondagi vakolatxonasi Facebook’dagi sahifasi orqali ma'lum qilgan.
«Do‘stlar, LUKOIL AYoQSh faoliyatiga bildirgan qiziqishingiz uchun minnatdormiz. Shoxobchada sotiladigan yoqilg‘i narxlari haqidagi ma'lumot esa haqiqatga to‘g‘ri kelmasligiga e'tibor qaratamiz. To‘liq va ishonchli ma'lumotni faqat bizning www. Facebook.com/LUKOILUz sahifamiz orqali bilishingiz mumkin. Yangiliklarimizni kuzatib boring», — deyilgan xabarda.
Bundan oldinroq kompaniya O‘zbekistonda ochayotgan ilk AYoQShda A-92 benzini 1 litri uchun 3 000 so‘m, A-95 benzini 1 litri uchun 3 200 so‘m, dizel yoqilg‘isi 1 litri uchun esa 2 800 so‘m narxlar belgilangani haqida xabar paydo bo‘lgandi.

O‘zbekistonda «Lukoyl»ga qarashli birinchi AYoQSh Toshkentning Yashnobod tumanidagi Temur Malik ko‘chasida ochilishi kutilmoqda. Kompaniya O‘zbekistonda jami 50ta yoqilg‘i quyish shoxobchasini barpo qilishni rejalashtirgan.
«Lukoyl» O‘zbekistondagi ilk AYoQShi haqida ba'zi tafsilotlarni oshkor qildi
Mavzuga oid
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
08:55 / 03.07.2026
Rossiya ichki bozorni ta’minlash uchun “Yevro-3” benziniga ruxsat berdi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
15:24 / 01.07.2026