Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2016 yilgi Olimpiadada g‘alaba qozongan Braziliya termasi murabbiyi ishdan haydaldi
Braziliya futbol Konfederatsiyasi rahbari mamlakat olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rojyerio Mikaleni o‘z lavozimidan ozod etdi. Bunday qaror Braziliya yoshlari U20 jahon chempionatiga chiqa olmaganidan so‘ng qabul qilingan, deb xabar beradi Yahoo Sports. Braziliyaliklar Janubiy Amerika qit'asidagi saralash bellashuvlarida beshinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi hamda Urugvay, Ekvador, Venesuela va Argentinani oldinga o‘tkazib yuborishdi.
Ma'lumot uchun, Mikale Braziliya olimpiya termasini 2016 yilning iyunida o‘z boshqaruviga olgan. Avvalgi murabbiy Dunga esa «Kopa Amerika»dagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan so‘ng iste'foga chiqarilgandi. Mikale avgust oyidayoq braziliyaliklarga Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada bahslarida g‘alabani tortiq etdi.
Mavzuga oid
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026