Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko YeIni «DXR» va «LXR» pasportlarini tan olgani uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashga chaqirdi
Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Yevropa Ittifoqini «DXR» va «LXR» pasportlarini tan olgani uchun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llashga chaqirdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolko ma'lum qilgan.
«Prezident soxta davlatlarning soxta hujjatlarini tan olgan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi», - deya yozgan u tvitterida.
Poroshenko bu fikrini YeI komissari Xristos Stilianides bilan uchrashuvi vaqtida ma'lum qilgan. Ukrainlar yetakchisining fikricha «DXR» va «LXR» hujjatlarini tan olish Minsk kelishuvlariga ziddir.
18 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») va «Lugansk xalq respublikasi» («LXR») ma'muriyati tomonidan berilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni haqiqiy deb tan olish haqidagi farmonini imzoladi.
Pasportlardan tashqari, «DXR» va «LXR»ning ta'lim olganlik haqidagi hujjatlari, tug‘ilganlik va o‘lim, nikoh qayd etilgani va nikoh bekor qilingani haqidagi guvohnomalari, shuningdek, davlat avtomobil raqamlari ham Rossiya tomonidan haqiqiy deb tan olingan.
Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Rossiya ayirmachilarga tegishli hujjatlarni tan olishini xalqaro huquqbuzarlik deb atadi.
AQShning Ukrainadagi elchixonasi «Donetsk xalq respublikasi» va «Lugansk xalq respublikasi»dagi ayrim tumanlar aholisi hujjatlarining Rossiya tomonidan tan olinishi Minsk shartnomasi maqsadlariga zid ekanligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
20:08 / 04.06.2026
Moskvadan Qrimga ketayotgan yo‘lovchi avtobus zarbaga uchradi
21:08 / 22.05.2026
Bloomberg: Putin urushni yil oxirigacha yakunlamoqchi, ammo o‘z shartlari asosida
09:07 / 13.05.2026
Donbass masalasi bo‘yicha Trampning bayonoti e’lon qilindi
09:41 / 22.04.2026