Ukraina prezidenti Petro Poroşenko tan olinmagan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») va «Lugansk xalq respublikasi» («LXR»)da berilgan hujjatlarning Rossiya tomonidan tan olinişini Rossiya rahbariyati tomonidan xalqaro huquqning buzilişiga isbot ekanligini aytdi. Bu haqda «112 Ukraina» naşri xabar bermoqda.    

«Bu men uçun «Rossiya okkupatsiyasi» va Rossiyaning xalqaro huquqbuzarligining navbatdagi isboti hisoblanadi», deb aytdi Poroşenko. 

Poroşenko hujjatlarning tan olinişi haqidagi farmonning Xavfsizlik böyiça Myunxen anjumani ötayotgan vaqtda imzolanişini «surbetlik» deb atadi. 

Avvalroq Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Aleksandr Turçinov Rossiya tomonidan «Donetsk xalq respublikasi» pasportlarining tan olinişini Rossiyani Minsk jarayonidan çiqişiga tenglaştirdi.