O‘zbekiston | 21:35 / 23.02.2017
4002
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Slovakiya giyohvand moddalarga qarshi kurashadi

2017 yil 23 fevralda O‘zbekiston hukumati va Slovakiya o‘rtasidagi giyohvand moddalar, psixotrop moddalar, prekursorlarni noqonuniy aylantirishga qarshi kurashdagi hamkorlik haqidagi kelishuv kuchga kirdi.    

O‘zbekiston va Slovakiya bu hujjatni 2016 yil 20 sentabrda Toshkentda imzolagan.

Hujjat bilan ikki davlat tegishli idoralari o‘rtasida giyohvand moddalar, psixotrop moddalar, prekursorlarni noqonuniy aylantirishga qarshi kurash hamda prekursorlarni qonuniy ishlab chiqarish, tarqatish va foydalanish sohasida hamkorlik mexanizmini yaratish ko‘zda tutiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid