Jahon | 14:29 / 26.02.2017
7229
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya prezidentligiga nomzodga qarshi namoyish vaqtida politsiyachilar jarohatlandi

Fransiyaning Nant shahrida «Milliy front» partiyasi yetakchisi, mamlakat prezidentligi uchun saylovda nomzodlardan biri bo‘lmish Marin Le Penga qarshi namoyish vaqtida politsiyaning 13 nafar xodimi jarohat olgan.

«Milliy front»ga qarshi Nantda o‘tkazilgan namoyish vaqtida 13 politsiyachi jarohatlandi, 4 kishi qo‘lga olindi», — deyilgan mahalliy politsiyaning tvitteri orqali.

Namoyishni tarqatish uchun politsiya ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagan.

Ma'lumot uchun, Fransiya prezidentligi uchun saylovning birinchi turi 23 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Agar unda nomzodlarning hech biri ko‘pchilikning ovozini qo‘lga kirita olmasa, 7 may kuni eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod ishtirokida ikkinchi tur saylovlari o‘tkaziladi.

So‘rov natijalari saylovning birinchi turida Marin Le Pen 26 foiz olib birinchi, Fransiyaning sobiq iqtisodiyot vaziri Emmanuel Makron 22 foiz bilan ikkinchi, sobiq bosh vazir Fransua Fiyon esa 21 foiz bilan uchinchi bo‘lishini ko‘rsatgan.

Mavzuga oid