Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdusalom Azizov: Surxondaryoda jinoyatlar yashirilishi davom etmoqda
O‘zbekiston ichki ishlar vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov Surxondaryo viloyati huquq-tartibot idoralari xodimlariga hisobotga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni yashirayotganlari uchun tanbeh berdi. Bu haqda ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Azizov bunday faktlarni Surxondaryo viloyati prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmasi xodimlarining qo‘shma majlisidagi hisobotida keltirib o‘tdi.
Ichki ishlar idoralarining mahalliy hokimiyatlar, qoidabuzarliklar va jinoyatlarga qarshi kurashuvchi, jamoatchilik tartibini muhofaza qiluvchi, fuqarolar osoyishtaligini ta'minlovchi jamoatchilik tashkilotlari bilan birgalikdagi ishi salbiy baholandi.
"Viloyatda qoidabuzarliklar profilaktikasi yetarli darajada emasligi, jinoyatchilikka qarshi kurashning bo‘shligi sababli sodir etilgan jinoyatlar fosh qilinishi ko‘rsatkichlari muntazam pasaymoqda. Sifatsiz tergov harakatlari tufayli ko‘plab jinoiy ishlar qo‘shimcha tergov qilish uchun qaytarilmoqda. Afsus-nadomat bilan shuni ta'kidlash joizki, hanuzgacha jinoyatlarni yashirish amaliyoti davom etmoqda", deb aytdi vazir.
Vazir ko‘rsatib o‘tgan xato va kamchiliklar bilan bir qatorda qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilarni tutish bo‘yicha yetarlicha ish olib borilmayotganini qayd qildi. Azizov o‘z hisobotida huquq-tartibot idoralari rahbariyatini viloyatda quyi bo‘g‘inlar o‘z holiga tashlab qo‘yilgani, ularning instruktaji bo‘sh olib borilishi, ularning kundalik faoliyatini nazorat qilish zaiflashgani uchun tanqid qildi.
Mavzuga oid
14:58 / 12.05.2026
Sudya yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
15:10 / 24.04.2026
Surxondaryoda neft daryo o‘zaniga oqib ketdi
10:15 / 17.04.2026