Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Xitoy prokuraturalari o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi delegatsiyasi Oliy xalq prokuraturasi taklifiga binoan Xitoyga tashrif buyurdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bergan.
Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Ixtiyor Abdullayevning Xitoy Xalq Respublikasi Oliy xalq prokuraturasi Bosh prokurori Tsao Tszyanmin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar idoralararo hamkorlikning ahvoli va istiqbollarini muhokama qildi, ikki davlatda adolatni ta'minlash va farovonlikni mustahkamlashga qaratilgan sud-huquq islohotlari borasida o‘zaro fikrlar almashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Xitoy Xalq Respublikasi Oliy xalq prokuraturasi o‘rtasida 2017—2018 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi hamda Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslari va Oliy xalq prokuraturasi Davlat prokurorlar instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tashrif davomida Davlat prokurorlar institutida bo‘ldi, shuningdek, Shanxay shahar prokuraturasining tadbirkorlikni himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha faoliyati bilan tanishdi.
Mavzuga oid
12:31 / 03.03.2026
1 mlrd so‘mlik tabiiy qumni o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi
11:13 / 02.03.2026
9 ming dollar talab qilgan prokuratura xodimi ushlandi
09:30 / 26.02.2026
“Nohaq ayblashdi” – Samarqandda sobiq IIB xodimi Oliy suddan adolat kutyapti
19:07 / 14.02.2026