Jahon | 22:49 / 02.03.2017
4934
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada harbiy xizmatga majburiy chaqiruv qayta joriy qilinmoqda

Shvetsiyada Boltiq hududida harbiy faollik oshgani sababli harbiy xizmatga majburiy chaqiruv qayta joriy qilinmoqda, deb aytdi Shvetsiya mudofaa vaziri Peter Xultkvist. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda

Shvetsiyada majburiy harbiy xizmat 2010 yilda bekor qilingan, biroq Ukrainadagi ixtilof siyosatchilarni professional askar sifatida faoliyatini davom ettirmoqchi bo‘lgan odamlar yetishmasligi muammosini hal qilish uchun harbiy salohiyatni mustahkamlash masalasini ko‘rib chiqishga undagan.

Xultkvist bu qaror Yevropada xavfsizlik sohasida vaziyat yomonlashganiga javob bo‘lganini aytdi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, 2018-2019 yillarda harbiy tayyorgarlikdan o‘tish uchun 4 ming erkak va ayol harbiy xizmatga chaqirtiriladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid