Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Depressiya miyani qanday o‘zgartiradi?
Depressiya bosh miya qobig‘ining kengayishiga olib kelib, miyani o‘zgartiradi. Olimlarning shu mavzudagi tadqiqoti Molecular Psychiatry jurnalida taqdim etildi.

O‘n hafta davom etgan mazkur tadqiqotda 41 nafar surunkali depressiyadan aziyat chekuvchi va 39 nafar sog‘lom kishilar qatnashishdi. Ularning bir qismi seratonin va noradrenalin qabul qilgan, qolgan qismi esa - platsebo. Tadqiqot davomida dori qabul qilgan guruhdagilarning ahvoli platsebo qabul qilgan guruhdagilarga nisbatan sezilarli ravishda yaxshilangani ta'kidlangan.
Miya skaneri depressiyaga yo‘liqib, dori qabul qilmaganlarda bosh miya qobig‘ining ba'zi sohalarida kengayish kuzatilganini ko‘rsatgan. Qobiq qanchalik kuchli qalinlashgan bo‘lsa, uning belgilari shunchalik kam namoyon bo‘lgan. Depressiya belgilari bilan kurashishda yordam beruvchi preparatlar miya qobig‘ini bu funksiyadan xalos qilgan va uning qalinligi xuddi sog‘lom odamlarnikidek bo‘lishiga imkon bergan.
Mavzuga oid
08:33 / 15.05.2026
Chegara hududida milliardlab so‘mlik noqonuniy dorilar topildi
10:51 / 20.03.2026
Eng baxtli mamlakatlar ma’lum qilindi
23:15 / 13.03.2026
Xitoy miya implantini tijoriy maqsadlarda ishlatishni ma’qullagan birinchi davlat bo‘ldi
02:09 / 09.03.2026