Jahon | 16:24 / 07.03.2017
12196
2 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma. AQSh Koreya yarimorolida THAAD tizimini joylashtirmoqda

AQSh Janubiy Koreyada THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimini joylashtirishga kirishdi va mazkur tizimning dastlabki qismlari belgilangan manzilga, Pxyontxek shahridagi Osan aviabazasiga yetkazildi.

Tinch okeanidagi qurolli kuchlar qo‘mondonligi ushbu jarayon fotosuratlari va videolarini namoyish qilgan. Janubiy Koreyadagi Yonhap agentligi xabarida yozilishicha, tizimni joylashtirish ishlari yana 2 oycha davom etadi va aprel oyi oxirida tizim ishga tushiriladi.

AQSh qo‘mondonligi THAAD tizimlari faqat mudofaa maqsadini ko‘zlashi va boshqa davlatlar uchun xavf tug‘dirmasligini bildirmoqda. Ular atmosfera va uning tashqarisida kichik hamda o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketalarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan.

Oq uy ma'muriyati Janubiy Koreyada RQM to‘plamlarini joylashtirishga KXDR aybdor ekanini dastak qilgan. 

Xitoy bunga keskin qarshilik bildirgan va THAAD tizimlari o‘rnatilishiga javoban sayyohlarning Janubiy Koreyaga safarlariga cheklov o‘rnatgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid